Andijon viloyatida o'qituvchi 10 sinf o'quvchisini kaltaklagani aytilmoqda

0

Ijtimoiy tarmoqlarda o'quvchi o'qituvchi tomonidan kaltaklangani haqida hikoya qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vaziyatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, voqea Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 13 maktabda sodir bo'lgan. 10 sinf o'quvchisi o'sha kuni darsga erta kelganini va yo'lakda turganini aytgan. Keyin o'qituvchi unga yaqinlashib, nima qilayotganini so'ragan. Muloqot davomida o'qituvchi o'quvchini kaltaklay boshlagan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv ishlari boshlanganini, uning natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilgan.
Avvalroq Surxondaryo viloyatida o'qituvchi bolani dars vaqtida qattiq kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.