Nazarboyevning rafiqasi Qozog'istonning «Xotin-qizlar ishlari bo'yicha komissiyasi»dan chiqarib yuborildi

0

Nazarboyevning rafiqasi Qozog'istonning «Xotin-qizlar ishlari bo'yicha komissiyasi»dan chiqarib yuborildi

Qozog'istonning birinchi rahbari Nursulton Nazarboyevning rafiqasi Sara Nazarboyeva Respublika Prezidenti huzuridagi Xotin-qizlar, oilaviy va demografik siyosat bo'yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibiga kiritilmadi. Bu xabar amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Tokayevning 18 may kuni e'lon qilingan farmonidan kelib chiqib berildi.

Hujjatga ko'ra, bir necha kishi, jumladan Nazarboyeva ham komissiya a'zolari ro'yxatidan chiqarilgan. Farmon imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

81 yoshli Sara Nazarboyeva 1962 yilda Qozog'istonning bo'lajak birinchi prezidentiga turmushga chiqgan. Nazarboyev davlat rahbari sifatida faoliyat yuritgan davrda Sara Nazarboyeva ijtimoiy va xayriya ishlarida faol ishtirok etgan.