Nega qovoqlar uchadi?

0

Shifokor Dilafro'z Mo'minova:

Qovoq uchishi – har qanday holatda ham markaziy asab tizimi faoliyatida buzilish bo'lgani haqida ma'lumot beradi. Masalan, ayrim paytlarda qovoq uchishi bosh miyadagi o'tkinchi elektrik impulslar hisobiga rivojlanadi. Ular ko'z muskulini stimullab, uni tortishishiga sabab bo'ladi.

Sabablari:
-Kompyuter oldida ko'p o'tirish yoki yarim qorong'ida kitob o'qish.
-Ayrim dorilarning nojo'ya ta'sirlari.
-Alkogoldan zaharlanish, chekish, immunitetni vaqtincha tushishi (gripp, respirator kasalliklar).
-Magniy va D vitamini yetishmasligi, to'laqonli ovqatlanmaslik.
-Ba'zi gijja turlari oqibatida mushaklarda uchish kuzatiladi.
Davolashda keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish tavsiya etiladi.

«Sog'lom hayot»