Piskent tumanida yer maydonlarini sotgan firibgar va uning sheriklari bo'lgan kadastr bo'limi xodimlari aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo'limi tomonidan “A.G.” uzumchilik va bog'dorchilik shirkatining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.T., Davlat kadastrlari palatasining Olmaliq shahar filiali mutaxassisi A.N. va Piskent tumani filiali kadastr muhandisi B.Sh.lar o'zaro til biriktirib, Piskent tumani hokimining 2020-2021 yildagi qaroriga ilova qilingan ro'yxatni soxtalashtirib, “A.G.” shirkatiga qarashli yer maydonlarini fuqarolarga 6-8 sotixdan 2 000 dan 15 000 AQSh dollarigacha sotishib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yana 1-2 mln so'mdan pul olishib, 14 nafar fuqaroning jami 562,4 mln so'mini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganliklari aniqlangan.

Tekshiruv davomida, A.N. va B.Sh.lar tomonidan o'z aybiga iqror bo'lib, yetkazilgan zararni qoplash uchun taqdim qilgan 13,1 mln so'mi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

👉@Department_uz