«PSJ» Mbappeni hech kimga alishtirmaydi

0

«PSJ» hujumchi Kilian Mbappega klubning sport faoliyatini to'liq nazorat qilishni taklif qilib, uni o'z safida saqlab qolishga harakat qildi.

Klub fransiyalik futbolchini tark etmaslikka ishontirish maqsadida unga ajoyib taklif bilan chiqdi. «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi Mbappeni kelasi mavsumdan boshlab «loyiha egasi»ga aylantirish, unga bosh murabbiylarni tanlash va ishdan bo'shatish, shuningdek, futbolchilarni sotib olish va sotish vakolatlarini berishni taklif qildi.

Sky Sports xabariga ko'ra, klub bundan tashqari, futbolchiga oyiga 5 million yevro maosh taklif qilgan, shuningdek, 120 million ko'tarma puli ham taklif qilgan.

Mbappe hozirgi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning kelajagini tanlashi va transfer siyosati masalalarini hal qilishi mumkin.

Biroq, katta ehtimol bilan hujumchi faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Mbappe kelajagi haqida terma jamoalar o'yinlari oldidan ma'lum qiladi.