«Tolibon» hammani hayratda qoldirishni davom etmoqda

0

Afg'onistonda parlament tarqatib yuborildi

«Tolibon» harakati bir qator davlat idoralari, jumladan, parlament sifatida faoliyat yurituvchi Milliy assambleya, Milliy yarashuv oliy kengashi va Milliy xavfsizlik kengashini tarqatib yubordi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Xabarga ko'ra, qaror «Tolibon» harakati yetakchisi Xaybatulloh Oxundzoda buyrug'i bilan qabul qilingan. Hujjatni Afg'oniston hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Muhammad Hasan Oxund ham imzolagan. Tugatilgan boshqarmalar orasida Konstitutsiyaga rioya etilishini nazorat qilish komissiyasi va parlament palatalari kotibiyatlari ham ko'rsatilgan.

Hukumat ikki hafta muddatda yangi formatdagi parlament palatalari kotibiyatlari faoliyatini himoya qilishni ta'minlash bo'yicha qaror chiqarishga chaqirgan.