O'qituvchi o'quvchini urib, ko'ziga jarohat yetkazdi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtaobod tumani 13-maktab o'quvchisi kaltaklandi” sarlavhasi ostidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu holat bo'yicha Paxtaobod tumani xalq ta'limi bo'limi munosabat bildirdi:

Ma'lum qilinishicha, mazkur holat 28 aprel kuni Paxtaobod tumanidagi 13-umumta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi A.R shu maktabnnig rus-tili fani o'qituvchisi S.Jning sinfxonaga kirish to'g'risidagi ko'rsatmasiga qo'pol ravishda javob qaytarganligi sababli ro'y berib, o'qituvchi S.Jning o'quvchi A.R ning qo'pol muomalasiga javoban o'quvchining ko'z qismiga urib tan (bir marotaba) jarohatii yetkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan o'sha vaqtdayoq tuman xalq ta'limi bo'limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha o'rganilgan va rus-tili fani o'qituvchisi S.Jga o'quvchi A.Rga nisbatan qo'pol muomala bo'lganligi sababli tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi qo'llangan.

Bundan tashqari S.J maktabning ichki tartib qoidalariga rioya etishi bo'yicha qat'iy ogohlantirilib, o'quvchi A.R maktab ichki tartib qoidalariga rioya etmaganligi va ustozlariga nisbatan odob-ahloq qoidalariga zid ravishda muomala qilganligi sababli tushuntirish ishlari olib borilgan.