Xorvatiya prezidenti Turkiya bilan birgalikda Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zo bo'lishiga to'sqinlik qilishga chaqirdi

0

Biroq, Associated Press’ning qayd etishicha, Zoran Milanovich bosh vazir Andrey Plenkovich bilan bu masalada ham, boshqa bir qator masalalarda ham “qattiq bahs” olib boryapti.

Milanovich, xususan, Xorvatiya hukumati Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zoligi masalasini ko'rib chiqishdan oldin, Bosniya va Gersegovina bilan muammoni hal qilishi kerak, deb hisoblaydi.

Prezidentning so'zlariga ko'ra, Zagreb bosniyalik xorvatlarga mamlakat hukumatida yuqori lavozimlarni egallash uchun ko'proq imkoniyat berish uchun mamlakatni qonunni o'zgartirishga majbur qilishi kerak.