Alisher Qodirov – «Yo'l ta'mirlash ishlari faqat tungi vaqtda amalga oshirilishi qonunda aniq ko'rsatilishi zarur»

0

19 may kuni “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi fraksiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda Alisher Qodirov tirbandliklarni bartaraf etish yo'llarini aniqladi.

Partiya rahbarining fikricha, yo'l ta'mirlash ishlari faqat tungi vaqtda amalga oshirilishi kerak, chunki ularning ish vaqtida amalga oshirilishi katta tirbandliklarni keltirib chiqaradi.
Bugungi kunda bu jarayonni huquqiy tartibga solish, ya'ni yo'l ta'mirlash ishlari faqat tungi vaqtda amalga oshirilishi qonunda aniq ko'rsatilishi zarur. Bu tartib dunyoning ko'plab mamlakatlarida qo'llaniladi”, — dedi Alisher Qodirov.

Avvalroq Toshkentdagi tirbandlik muammosi sun'iy intellekt yordamida hal etilishi, buning uchun poytaxt ma'muriyati koreyalik mutaxassislarni jalb qilgani xabar qilingandi.