Ekstremizmni targ'ib qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

0

Namangan viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik materiallarni targ'ib qilish bilan shug'ullangan shaxsni qo'lga oldi, deb xabar beradi O'zA.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushbu shaxs J.A. 1999-yilda tug'ilgan, Telegram orqali Rossiyada yashagan Shuhrat ismli shaxs bilan tanishgan. Ular turli diniy mavzularda muloqot qilishgan.

Tez orada J.A. Abu Saloh, Abdulla Zufar, Sodiq Samarqandiy kabi ekstremistik tashkilotlarning turli rahbarlarining audio va video chiqishlarini targ'ib qiluvchi Telegram kanalini ochgan.

J.A. o'zbek-qirg'iz chegarasini noqonuniy kesib o'tmoqchi bo'lgan vaqtida qo'lga olindi. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Jinoyat ishlari bo'yicha Namangan shahar sudi tomonidan J.A. 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.