Nima bo'lsa bo'ladi soxta «Gai»…

0

Ijtimoiy tarmoqlarda yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi bir haydovchiga kalla qo'yib, o'zidan jabrdiyda yasab olgani aks etgan video tarqalgan.

Voqea Namanganda ro'y bergan, ammo qachon bo'lgani ma'lum emas. Videoda YHXB xodimi haydovchiga boshi bilan urib, bu ishni fuqaroga to'nkaganini ko'rish mumkin.

So'nggi kunlarda IIV tizimidagi bunday videolar keng tarqala boshlagan. Masalan, Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanidagi voqeada IIB xodimi pogonini o'zi yulib, bu aybni bir ayol kishiga ag'dargandi.

Namangandagi videoga IIV hozircha munosabat bildirganicha yo'q.