Rossiya o'z zarariga oziq-ovqat eksport qilmaydi – Medvedev

0

«Rossiya o'z majburiyatlarini to'liq bajarishga tayyor, lekin biz savdo hamkorlarimizdan ham birdamlikni kutmoqdamiz, jumladan, xalqaro platformalarda ham. Aks holda, bu mantiqqa to'g'ri kelmaydi: bir tomondan bizga qarshi aqldan ozgan sanksiyalar qo'llanilmoqda, ikkinchi tomondan esa – bizdan oziq-ovqat yetkazib berishni talab qilishmoqda. Biz ham axmoq emasmiz”, — deb yozdi Medvedev o'z telegram-kanalida.

U Rossiya fuqarolari uchun oziq-ovqat «muqaddas masala» ekanligini qo'shimcha qildi va o'z bozoriga zarar etkazadigan eksport bo'lmasligini yana bir bor ta'kidladi.