«U rolning o'z egasi bor» – Durdona Qurbonova nima sababdan «Daydi qizning daftarida»da rol o'ynamaganini aytdi

0

«U rolning o'z aktrisalari bor», — deydi u.
Aktrisa Durdona Qurbonova YouTube’dagi «Intervyu Tv» loyihasiga bergan intervyusida «Daydi qizning daftari» serialida o'ynamaganining sababini aytdi.

Durdona Qurbonova bunga mas'uliyatsizlik sabab bo'lmaganini ta'kidladi. Aktrisaning so'zlariga ko'ra, u rolning o'z egalari bor. U serialni ko'rgach, unda o'ynamaganining sababini tushunish mumkinligini aytdi.

«’Daydi qizning daftari’da o'ynamaganim sababi mas'uliyatsizlik emas. U rol meniki emasdi. Uni o'zini o'ynaydigan aktrisalari bor. Serialni ko'rsangiz ham nimaga o'ynamaganimga tushunasiz. U rol meniki emasdi. U yerda mening mas'uliyatsizligim yoki boshqa narsamning aloqasi yo'q», — deydi aktrisa.