O'zgidromet kuchli shamoldan ogohlantiradi!

0

O'zgidromet bo'ron kutilayotgani munosabati bilan favqulodda xabar e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 21—22-may kunlari respublikaning ba'zi hududlarida, ayniqsa shimoliy va cho'l hududlarida 23-28 m/s tezlikda kuchli shamol esadi, bu esa Bofort shkalasi bo'yicha kuchli bo'ron sifatida tasniflanadi. Bunday kuchli shamol tomlarga, binolarga zarar etkazishi va daraxtlarni yulib tashlashi mumkin.

Mamlakatimiz aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko'rishni, avtomobillarni daraxtlar va reklama taxtalari ostida qoldirmaslikni so'raymiz, – deyiladi O'zgidromet axborotida.

Avvalroq sinoptiklar 18-23 may kunlari sel oqimi xavfi bo'lishi mumkinligi, shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishi haqida ogohlantirgan edi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning ko'plab hududlarida sel oqimlari sodir bo'lgan: bahor faslida 15 ta yirik ko'chki sodir bo'lib, 9 kishining hayotiga zomin bo'lgan.