Kanada Putin va unga yaqin bo'lgan kishilarni “bloklab” qo'ydi

0

20 may kuni Kanada Rossiya Prezidenti Vladimirga Putin rejimiga yaqin bo'lgan yana 14 nafar shaxsni sanksiyalar ro'yxatiga kiritdi. Bu haqda TASS Kanada Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, xabar berdi.

“14 kishiga, jumladan rossiyalik oligarxlar, ularning oilalari va [Prezident Vladimir] Putin rejimiga yaqin shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etildi”, deyiladi hujjatda.

Ular orasida “Uralxim” hamda “Uralkaliy” aksiyadorlari Dmitriy Mazepin va tadbirkor Farhod Ahmedov bor.

Bundan tashqari, Ottava Rossiyaga hashamatli tovarlar va kompyuter uskunalarini eksport qilishni taqiqladi, Rossiyadan zargarlik buyumlari, spirtli ichimliklar kabi hashamatli tovarlarni olib kirishga cheklov kiritdi.

Qayd etilishicha, bu cheklovlarning barchasi Ukrainadagi vaziyat sabab kiritilmoqda.

Ma'lumot uchun, sanksiyalar ro'yxatiga kirish Kanadadagi mumkin bo'lgan aktivlarni muzlatish va mamlakatga kirishni taqiqlashni anglatadi. Kanada Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, 2022 yil 24 fevraldan beri Ukrainadagi vaziyat munosabati bilan Ottava allaqachon Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Ukrainaning mingdan ortiq jismoniy hamda yuridik shaxslarini sanksiyalar ro'yxatiga qo'shgan. Departament rahbari Melani Joli ta'kidlaganidek, Kanada Ukrainadagi vaziyat tufayli Moskvaga qarshi sanksiyalar siyosatini davom ettirish niyatida.

Eslatib o'tamiz, 19 aprel kuni Nabiullina va yana 13 nafar rossiyalikka qarshi sanksiya kiritdi. 11 mart kuni Kanada hukumati besh nafar rossiyalik va 32 ta tuzilmaga, xususan, Rossiya Federatsiyasi mudofaa kompleksiga aloqador bo'lgan tuzilmalarga qarshi sanksiya joriy qilgan edi.

24 mart kuni esa Bosh vazir Jastin Tryudo Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Kengashining 160 nafar a'zosi yangi sanksiyalar ostida qolishini ma'lum qildi.

TASS