Rossiya armiya generali: «Rossiyaning g'arbiy chegaralarida xavf ortib bormoqda»

0

G'arbiy strategik yo'nalishdagi vaziyat Rossiya chegaralari yaqinida harbiy tahdidlarning  kuchayishi bilan tavsiflanadi. Bu haqda 20 may kuni  Rossiya Federatsiyasi  Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu harbiy boshqarma kollegiyasida aytib o'tdi.

Uning so'zlariga ko'ra, so'nggi sakkiz yil ichida AQShning strategik bombardimonchi samolyotlarining Yevropadagi parvozlari intensivligi “15 barobarga (yiliga 3 tadan 45 tagacha) oshgan”.

Shuningdek, AQSh kemalari 2022 yilda Rossiyaning Kaliningrad viloyati yaqinida olti marta missiyalarni amalga oshirdi.

“Amerika kemalarining Boltiq dengiziga boshqariladigan raketalari bilan borishi tizimli tus oldi. Faqat bu yilning o'zida Kaliningrad viloyati yaqinida ular raketalarni uchirish uchun tavsiya etilgan hududlarga kirish bilan olti marta topshiriqlar bajarishdi. 2016 yildan buyon ob'yektiv nazorat tizimi tomonidan 24 ta shunday hodisa fosh etildi”, deydi Shoygu.