Jizzax va Qashqadaryoda qor yog'moqda

0

Ijtimoiy tarmoqlarda yozga bir necha kun qolganda O'zbekistonning ayrim hududlarida qor yog'ayotgani aytilmoqda.

Xususan, ijtimoy tarmoq foydalanuvchilari Zominda yog'ayotgan qorni videoga olib joylashtirishgan.

Shuningdek, Qashqadaryoning Dehqonobod tumani tog'larida ham qor yog'gan.

 

Kitob tumanining olis tog'li hududlaridan biri Denovbolo qishlog'ining ayni damdagi ko'rinishi. Bu yerda tuni bilan qor yog'ib, hozirda atrof oppoq rangga burkangan.

«O'zgidromet» markazga ko'ra, bugun kunduz kuni respublika bo'yicha havo o'zgarib turadi.  Farg'ona vodiysi viloyatlarida kun davomida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab yomg'ir yog'adi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin, Qoraqalpog'istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Tog' oldi va tog'li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to'zon kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo'ladi.