Xitoy–Qirg'iziston–O'zbekiston temir yo'li qurilishi boshlanadi

0

Magistral 3 davlatni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan bog'laydi.

Eng yirik loyiha sanalgan Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston yo'nalishi bo'yicha temir yo'l qurilishini boshlash ishlari joriy yilning kuzida amalga oshiriladi. Bu haqda Qirg'iziston bosh vaziri A.Japarov ma'lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz’ nashri.

Qayd etilishicha, temir yo'l qurilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasining transport va tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Magistral Xitoy, Qirg'iziston va O'zbekistonni Kaspiy dengizi portlari va undan keyin Yevropa bilan, kelgusida esa Transafg'on temir yo'li orqali Pokiston portlari bilan bog'lashi aytilmoqda.