Dilnoza Kubayeva o'zini xonandalikda ham sinab ko'rdi va butunlay o'zgacha qiyofada ko'rinish berdi (foto)

0

Aktrisa klipdagi imijidan surat e'lon qilgan.
Teatr va kino aktrisasi Dilnoza Kubayeva yangi imijda ko'rinish berdi.


Dilnoza Kubayeva o'zini xonandalikda ham sinab ko'rishni istadi va yangi qo'shiq yaratdi. Aktrisa ushbu qo'shiqqa klip suratga olish jarayonidan lavhalarni e'lon qilgan. Xonandaning ushbu rasmlardagi imijiga ko'pchilik obunachilari ijobiy fikr bildirgan. Ulardan biri suratni ko'rib, Dilnoza Kubayevani taniy olmay qolganini ta'kidlagan.

«‘Hayot go'zalʼ nomli qo'shig'imga olingan klip jarayonidagi fotolar», — deb yozadi Dilnoza Kubayeva.