Erkak 17 yoshli qizga tegajog'lik qilmoqchi bo'ldi

0

Holat bo'yicha shahar IIB munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yosh qizga nisbatan erkak kishi tegajog'lik qilgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat bo'yicha shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma'lum qilinishicha, voqea 17 may kuni soat 14.00 atrofida ro'y bergan. 17 yoshli K.M. uyiga qaytayotganida erkak kishi orqasidan kelayotganini payqab qolgan va qadamini tezlatib, uy yulagiga yugurib kirgan. Erkak ham uning orqasidan kirganida kiz baqirib yuborgan. Shundan so'ng erkak noma'lum tomonga qochib ketgan.

“Hozirda mazkur fakt yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda, natijalari bo'yicha qonuniy chora ko'riladi”, — deyiladi xabarda.