YPX xodimi haydovchiga elektroshoker bilan tahdid qildi

0

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovchiga elektroshoker ko'rsatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Videoda haydovchi YPX xodimining mashinasini boshqarishiga qarshilik ko'rsatganligini va bunga javoban inspektor elektroshoker bilan tahdid qilganligini ko'rish mumin.
Viloyat IIB Axborot xizmati rahbarining ma'lum qilishicha, 2022 yil 20 may kuni Jomboy tumani Galakapa ko'chasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB JXX YPXB 1-otryadi inspektori tomonidan shu ko'chada harakatlanib kelayotgan “Spark” avtomobili to'xtatilib tekshirilganda, haydovchi L.A. mashinani me'yoriy hujjatlarsiz boshqarib, yo'l harakati qoidasininig tegishli bandini buzib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, inspektor mashinasini vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo'yishini aytganida, haydovchi unga qarshilik qilib, xodimning qonuniy talabiga bo'ysunmay, inspektordan evakuator chaqirishini so'ragan.

Inspektor haydovchini agarda uning qonuniy talablariga bo'ysunmasa, elektroshoker qurilmasini qo'llashi bo'yicha ogohlantirgan hamda mashina evakuator yordamida vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o'tkazilmoqda.