Bu nimaning yog'i ekan?

0

Namangandan Toshkentga harakatlanib ketayotgan Lacetti avtomobilida hujjatlarsiz mol yog'i mahsuloti aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Namangan viloyati IIB JXX JSB karantin tadbirlarini tashkil etish bo'limi xodimlari tomonidan Namangan YPX maskanida xizmatda Toshkent shahriga harakatlanib ketayotgan Lacetti to'xtatib tekshirildi.

Avtomashinada 2000 yilda tug'ilgan Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro veterinariya hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma'lum bo'lgan jami 239 kilogramm bo'lgan mol yog'ini olib kelayotganligi aniqlandi.

Veterinariya tashxis markazi laboratoriyasi xulosasiga asosan ushbu mahsulotlar aholi iste'moli uchun yaroqli chiqqanligi sababli Namangan «Saxovat» keksalar va nogironlar uchun internat uyiga topshirildi.

«Har qanday iste'mol mahsulotini saqlash va bir manzildan ikkinchisi yetkazish uchun, albatta, maxsus jihozlangan transportlardan foydalanish kerak, aks holda esa mahsulot nafaqat iste'mol uchun yaroqsiz balki sog'liq uchun xavfli holatga ham kelib qolishi mumkin», – deyiladi xabar so'ngida.