Fransiya tashqi ishlar vazirligi fransuz jurnalisti Frederik Lekler-Imoffning Donbassda o'limi holatlarini zudlik bilan tekshirishni talab qildi.
“Fransiya BFM telekanali jurnalisti Frederik Lekler-Imoffning o'limining barcha holatlarini aniqlash uchun imkon qadar tezroq tergov boshlanishini talab qiladi”, — deyiladi Fransiya TIV bayonotida.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida jurnalistning o'limi haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan edi.
BFM telekanali ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli jurnalist operator bo'lib ishlagan. Bu uning urush zonasiga reportaj olish uchun ikkinchi safari edi. Telekanal xabariga ko'ra, jurnalist zirhli mashinada bo'lgan va snaryad portlashi oqibatida halok bo'lgan.
YuNESKO Bosh direktori Odri Azule operatorning o'limi munosabati bilan hamdardlik bildirdi va mojaro zonalarida ishlayotgan jurnalistlar xavfsizligini ta'minlashga chaqirdi.
TASS