Mercedes dunyo bo'ylab qariyb 1 mln avtomobilni yig'ishtirib oladi, chunki…

0

Mercedes-Benz Group tormoz tizimida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammo tufayli dunyo bo'ylab qariyb million avtomobilni chaqirib oladi, deb yozmoqda Daryo Lifestyle.

AFP ma'lumotlariga ko'ra, zararlangan avtomobillar 2004—2015 yillarda ishlab chiqarilgan bo'lib, ML va GL sport avtomobillari seriyasiga hamda R-Class lyuks mikroavtobuslariga tegishli.

Mercedes AFP’ga bergan bayonotida qaytarib olishni tasdiqladi. Korroziya oqibatida avtomobil tormoz kuchaytirgichi mexanik shikastlanishi mumkin.

AFP xabariga ko'ra, butun dunyo bo'ylab 993 mingdan ortiq avtomobil chaqirib olinmoqda, shundan 70 mingtasi Germaniyadagi avtomobillardir.