FVV 8-10 iyun kunlari Toshkent viloyati va shahri aholisidan sarosima ko'tarmaslikni va vaziyatni noto'g'ri talqin qilmaslikni so'ramoqda. Chunki…

0

Joriy yilning  8-10 iyun kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlarida qo'mondonlik-shtab o'quv mashqlari o'tkaziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

O'z navbatida, vazirlik fuqarolardan aholi orasida sarosima ko'tarmaslik maqsadida mazkur qo'mondonlik shtab o'quv mashqlarini o'tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto'g'ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan oqilona foydalanishni so'ramoqda.