Rossiyada Amur daryosi orqali o'tgan birinchi xalqaro avtomobil ko'prigi ishga tushdi. Bu ko'prik Rossiyaning Blagoveщensk shahri va Xitoyning Xeyxe shahrini bog'laydi.
Harakatni Heyxe provinsiyasi gubernatori Xua Changsheng boshlab berdi va u rus tilida: «Poexali!» dedi.
Ko'prik orqali Rossiya va Xitoy o'rtasidagi yiliga million tonnagacha yuk tashiladi va tashish vaqti ham qisqaradi.
Eslatib o'tamiz, ko'prik qurilishi 2016 yilda boshlangan va bir vaqtning o'zida ikkita qirg'oqdan olib borilgan.
Ob'yekt byudjeti 19 milliard rubl va u byudjet mablag'larisiz amalga oshirilgan.