Saudiya bilan o'yin vaqtida «Bunyodkor» stadioni atrofidagi yo'llar yopiladi

0

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi futbol uchrashuvi munosabati bilan «Bunyodkor» stadioniga tutash ko'chalar yopiladi.

19 iyun kuni O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida U-23 Osiyo kubogining final bosqichi o'tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko'chalarda soat 12:00 dan soat 24:00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi:

-Muqimiy va Chilonzor ko'chalari chorrahasidan, Chilonzor va KHAY ko'chalari chorrahasigacha bo'lgan qismi;

-Muqimiy va Arnasoy ko'chalari chorrahasidan, Cho'ponota va Arnasoy ko'chalari chorrahasigacha bo'lgan qismi;

-Bunyodkor ikkinchi darajali ko'chasidan Cho'ponota ko'chasigacha bo'lgan qismi.

«Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz va aylanma yo'llardan harakatlanishni tavsiya qilamiz», – deyiladi YHXX xabarida.