22 yoshli qiz fohishaxona tashkil qildi

0

Buxoro shahrida 22 yoshli qiz fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbir o'tkazilgan. Unda Buxoro shahri Piridastgir ko'chasida vaqtinchalik istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug'ilgan J.M. o'ziga tanish bo'lgan ikki nafar o'smir yigitga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, buning evaziga ularning har biridan 200 000 so'mdan jami 400 000 so'm pul olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo'shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.