Mariupolda qancha inson halok bo'ldi?

0

Rossiyaning Mariupolga hujumi boshlanganidan beri shaharda 22 ming kishi halok bo'lgan, deb yozmoqda BBS nashri shahar meri Vadim Boychenkoning hisobotiga tayanib.

«Bizdagi raqamlar Mariupolda Rossiya qo'shinlari tomonidan 22 ming nafar tinch aholi o'ldirilganini ko'rsatmoqda. Bu esa fashistlar Germaniyasining ikki yillik bosqini natijasida halok bo'lgan odamlar sonidan bir necha barobar ko'p», — deya merning brifingdagi nutqidan iqtibos keltirmoqda nashr.

Shahar merining so'zlariga ko'ra, hudud to'liq Rossiya harbiylari tomonidan nazoratga olingani uchun halok bo'lganlar sonini aniq hisoblab chiqishning imkoni bo'lmagan, shuningdek, qurbonlar hisobotda aytilganidan ko'proq bo'lishi ham mumkin.

Bundan tashqari, BBS nashri ham urush sababli Vadim Boychenkoning bayonotini to'liq tekshirishning imkoni bo'lmaganini qo'shimcha qilgan.