Navoiyda mast ota 16 yoshli o'g'lini pichoqlab o'ldirdi

0

Navoiyda mast holatda bo'lgan ota 16 yoshli o'g'lini o'ldirib qo'ydi.

Ma'lum qilinichisha, ertalabki taxminan soat 9:00 da ota me'yordan ortiq spirtli ichimlik iste'mol qilib uyga qaytgan. Gumonlanuvchi mastlikda arzimagan bahonalarni ro'kach qilavergach, 16 yoshli o'g'li bilan tortishib qolgan.

Boshlangan dahanaki tortishuv birozdan keyin janjalga aylangan. Buning oqibatida hushi o'zida bo'lmagan ota jahlini jilovlay olmay, oshxona pichog'i bilan o'g'lini pichoqlagan.

Hodisa yuzasidan bo'lgan muhokama jarayonida mahalla idorasi hamda tegishli mas'ullar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar jiddiy tanqid ostiga olingan.