Go'zal Abdullayeva MDH davlatlari o'rtasida o'tkazilgan tanlovda g'olib bo'ldi

0

O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti Go'zal Abdullayeva MDH davlatlari o'rtasida o'tkazilgan tanlovda yosh olimlar safidan joy oldi.

Nur-Sultan shahrida MDH davlatlari o'rtasida «Eng yaxshi yosh olim-2022» xalqaro tanlovi bo'lib o'tdi. Unda Go'zal Abdullayeva o'zbek operasi (M.Bafoyevning «Hamsa») tahliliga bag'ishlangan ilmiy maqolasi bilan qatnashdi.

Tanlov natijalariga ko'ra, u “San'at” yo'nalishida diplom, guvohnoma va ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.