Rus-o'zbek filmlari bepul namoyish etiladi

0

Filmlar namoyishi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining yozgi kinoteatrida bo'lib o'tadi.

Oilaviy komediya muxlislari Kinematografiya agentligi va “Sputnik Vostok prodakshn” kinostudiyalari tomonidan suratga olingan “Quyosh lazzati” filmini 30 iyun soat 18.00da tomosha qilishlari mumkin (6+).

Shuningdek, Kinematografiya agentligi va «VEGA» kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan “Pari sovg'asi» kinokartinasi 1 iyul kuni 18.00da namoyish etiladi.

Ikkinchi film namoyishining asosiy jihati o'zbek va rossiyalik aktyor, rejissyor Farhod Mahmudovning ishtirok etishi bilan bog'liq. Aytish joiz, Mahmudov “Kuxnya», «Bednaya Nastya», «Posledniy boy mayora Pugacheva», «Sindrom jizni», «Ibrat» loyihalardagi ishtiroki bilan mashhur.