AQSh Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlari sotilganini tasdiqladi

0

Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlari sotilganini tasdiqlagan.

Anqara Finlyandiya va Shvetsiyaning NATO a'zoligiga rozi bo'lganidan bir kun o'tib, chorshanba kuni Bayden hukumati Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish imkoniyatini qo'llab-quvvatladi.

AQSh Mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo'yicha o'rinbosari Selest Uollander Turkiyaning harbiy kuchini oshirishi mintaqada NATOni kuchaytirishini aytdi.

Avvalroq Turkiyaning HaberTurk nashri Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlari yetkazib berilishi haqida yozgan edi.