Adliya vazirligi 1 iyuldan O'zbekiston qonunchiligida qanday o'zgarishlar bo'lishi haqia ma'lumot berdi. Unga ko'ra:
– Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish bepul bo'ladi.
– Ayrim shifokorlarga uy olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
– “Xavfsiz yo'l” indeksi yuritiladi.
– Virusli gepatitga qarshi samarali choralar ko'riladi.
– Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga bir martalik subsidiya beriladi.
– Davlat muzeylari soat 22:00 gacha xizmat ko'rsatishi mumkin.
– “Tibbiyot brigadalari”ga 3 600 ta shtat beriladi.
– Parranda eksporti uchun subsidiya oshiriladi.
– Mahallalarda ijtimoiy xizmatlar kompleks yondashuv asosida ko'rsatiladi.
– Bo'sh turgan binolarga nisbatan yuqori soliq stavkasini belgilash bekor qilindi.
– Spinal mushak atrofiyasi klinik diagnoziga ega oilalarning Yagona milliy registri yuritiladi.
– “Oilaviy shifokor” yo'nalishi bo'yicha mustaqil faoliyat amalga oshirishga ruxsat beriladi.