Iyulda havo harorati biroz tushadi

0

Iyul oyi ikkinchi va uchinchi o'n kunliklarida harorat asosan 35-38 daraja issiq atrofida bo'lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O'zgidromet”.

2-3 iyul kunlari mamlakat hududining katta qismida harorat yana 40-41 daraja issiqqacha ko'tariladi. Janub eng chekka qismida ushbu kunlarda harorat 42-45 daraja issiq oralig'ida bo'ladi.

Keyingi kunlarda nisbatan salqin havo kutilmoqda. 3 iyulda shimoliy hududlarda, 4-5 iyul kunlari O'zbekiston barcha hududlari bo'yicha havo harorati yoz fasli uchun 30-33 daraja issiq bo'lgan qulay qiymatlargacha pasayadi, so'ng bir necha kun davomida 34-37 daraja issiq, janubda 38-40 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.

Iyul oyi ikkinchi va uchinchi o'n kunliklarida harorat asosan 35-38 daraja issiq atrofida bo'lishi, ayrim kunlari ba'zi joylarda 40-42 daraja issiqqacha ko'tarilishi kutilmoqda.

Yomg'ir yog'ish ehtimoli kam, faqat tog'oldi va tog'li hududlarda ba'zi joylarda 2-4 kun qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg'ir yog'ishi mumkin.