Xatning qisqacha mazmuni shunday:
– Ibrohim Saadun Ukrainaga 2019 yilda “faqat o'qishini davom ettirish maqsadida” kelgan.
– yigit yoshligi sababli muloqot doirasini to'g'ri tanlay olmagan.
– 2021 yilda “Ibrohimni Ukraina armiyasiga shartnoma asosida xizmatga taklif qilishgan. Xolbuki, o'g'li bu haqida otasiga xabar bermagan, maslahatlashmagan”.
– “Biz Ibrohimning Ukraina sharqidagi front liniyasiga jo'natilganini hatto xayol qilmaganmiz. Chunki shu yilning mart oyida o'g'limiz bilan aloqa uzilib qolgan”;
– “Ibrohim- tajribasiz yoshlarga yomon ta'sirlar va manipulyatsiyalar qurboni bo'ldi”
– “Hurmatli Vladimir Vladimirovich, biz sizning mehribonligingiz va donoligingizga umid qilamiz. Axir siz ham Otasiz va otalik tuyg'ularini yaxshi tushunasiz … Biz sizning o'g'limizni avf etishingizni umid qilib qolamiz”.
Eslatib o'tamiz, Ibrohim va ikki nafar britaniyalik yollanma Mariupolda qo'lga olingan. DXR Oliy sudi ularni o'lim jazosiga mahkum etgan.