Belgorodda portlash yuz berdi

0

OAV va guvohlarning xabar berishicha, Rossiya va Ukraina chegarasiga yaqin joylashgan Belgorodda bir necha portlash sodir bo'lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda shahar uzra havo hujumidan mudofaa ishlari izlari aks etgan kadrlar chop etilmoqda.

«Yarim soat oldin Belgorodda ketma-ket baland tovushlar eshitildi. Mayakovskiy ko'chasi, 23-uyda joylashgan xususiy turar-joy binosi yonmoqda. Voqea joyida barcha tezkor xizmatlar ishlamoqda. Uch nafar jabrlanuvchi bor. Ularga allaqachon kasalxonada barcha zarur tibbiy yordam ko'rsatilmoqda”, — deb yozgan viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov.