Isroil qiruvchi samolyotlari Suriyaning Tartus viloyatidagi ob'yektlarga zarba berdi

0

2 iyul kuni Isroil harbiy havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotlari O'rta Yer dengizi akvatoriyasidan turib Suriyaning Tartus viloyatidagi ob'yektlarga to'rtta boshqariladigan raketa zarbalarini yo'lladi. Bu haqda Suriya arab respublikasida o'zaro dushman davlatlar bilan murosa bo'yicha markaz rahbarining o'rinbosari, birinchi darajali kapitan Yevgeniy Gerasimovga tayanib «Interfaks» xabar bergan.

«2 iyul kuni soat 06:30 dan 06:36 ga qadar to'rtta F-16 taktik qiruvchi samolyotlari O'rta Yer dengizi akvatoriyasidan turib Suriyaning Tartus viloyatidagi hududlarda joylashgan ob'yektlarga raketa zarbalarini yo'lladi. Isroilning aviazarbasi oqiabtida ob'yektlarga talafot yetib, ikki nafar tinch aholi vakili yaralandi», – degan Gerasimov.

Shuningdek, u oxirgi bir sutka davomida Idlib hududida to'rtta aviazarba berish holati kuzatilgani, bunda «Jabhat an-Nusra» terrorchilik guruhining qo'li borligini ta'kidlagan.

Aleppo provinsiyasida ham ikkita, Latakiyada bitta va Xamada bitta aviazarba qabul qilib olish holatlari kuzatilgan.