O'zbekiston-Qozog'iston chegarasidagi nazorat-o'tkazish punkti vaqtincha yopildi

0

Ushbu chegara punktini kesib o'tmoqchi bo'lgan ikki davlat fuqarolardan yo'nalishlarini oldindan rejalashtirish so'ralgan.

O'zbekiston va Qozog'iston chegarasidagi nazorat-o'tkazish punkti vaqtincha ishini to'xtatdi. Bu haqda Qozog'iston Xavfsizlik xizmati (KNB) chegara xizmati bayonotiga asoslanib Sputnik Qozog'iston xabar bermoqda.

“O'zbekistonlik hamkorlardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilning 1 iyulidan boshlab axborot tizimidagi nosozliklar tufayli «Daut-ata» – «Tajen» avtomobil yo'lidagi chegara o'tkazish punktidan odamlar, transport vositalari va tovarlarning o'tkazish vaqtincha cheklangan.

Shuningdek, «Karakalpakiya» – «Beyneu» yo'nalishida temir yo'l qatnovini ham vaqtincha to'xtatishni rejalashtirgan», – deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan chegara punktlarini kesib o'tmoqchi bo'lgan ikki davlat fuqarolaridan yo'nalishlarini oldindan rejalashtirish so'ralgan.