Alp tog'larida muzliklar o'pirilishi oqibatida 15 kishi bedarak yo'qoldi

0

Dolomit Alp tog'larida muzliklarning erib, o'pirilishi oqibatida halok bo'lganlar soni olti kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Euronews kanali.

9 kishi jarohatlangan. 15 nafar bedarak yo'qolganlarni qidirish davom etmoqda. 3500 metr balandlikda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Fojia Trento provinsiyasida, Apennin yarim orolining eng yirik muzligi Marmoladada sodir bo'ldi.

Ikki guruh alpinistlar toqqa chiqishayotganida, katta muz, qor va tosh parchalari 300 km/soat tezlikda tepadan pastga qulagan.

Italiya matbuotiga ko'ra, ular orasida xorijliklar ham bo'lishi mumkin.

Bosh vazir Mario Dragi qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Muz massasining yemirilishi muzlik tepasida +10 daraja – rekord iliq harorat qayd etilganidan bir kun o'tib sodir bo'lgan.

Qutqaruvchilar yangi xavf borligidan ogohlantirmoqda. Ekologlarning fikriga ko'ra, so'nggi yigirma yil ichida muzlikning uchdan bir qismi erib ketgan.