Yer savdosi bilan bog'liq firibgarlik holatlari aniqlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro H.R. fuqaro R.ga Shofirkon tumani, “Tezguzar” MFY hududida tomorqa xo'jaligi uchun ajratilgan 16 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro N.ga tanishlari orqali uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.J. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro shahri, “Alpomish” ko'chasida joylashgan 10 sotix bo'sh yer maydonini uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 35 000 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.