Og'ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan — Bosh prokuratura

0

Bosh prokuratura tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holat davrida qonuniylikni ta'minlash bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar xususidagi brifingda Bosh prokuratura bo'lim prokurori Abror Mamatov bu haqda xabar berdi.

Unga ko'ra, Nukusdagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanib, 516 nafar fuqaro hibsga olingan.

Ommaviy tartibsizliklar oqibatida jami 243 nafar shaxsga, jumladan, 38 nafar huquq tartibot organi xodimlariga turli darajadagi tan jarohati yetkazilgan.

Og'ir tan jarohatidan so'ng 18 nafar fuqaro vafot etgan.