Qashqadaryoda yana eshak so'yib sotuvchilar ushlandi (video)

0

Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Arabxona mahallasidagi xonadonda eshaklar so'yilmoqda. Bu haqda «Nasafnews» xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 2022 yil 1 iyul kuni soat taxminan 15.00 lar chamasida Koson tumani Arabxona mahallasida yashovchi T. Sh.ning uyida jiyani B.L. 5 bosh eshaklarni so'yganligi aniqlangan.

Eshak go'shtlari tuman veterinariya bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda hujjatlarshirib olingan va tegishli xulosaga asosan go'sht mahsulotlari yo'q qilingan.

Koson tumani IIB  tomonidan fuqaro B.L.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 111- moddasi 1- qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.