Shakira Pikega «kutilmagan syurpriz»lar tayyorlamoqda

0

Ajrashishga qaror qilgan Jerar Pike va Shakira farzandlar masalasida kelisha olishmayapti. Kolumbiyalik qo'shiqchi ikki farzandini Mayamiga olib ketishni istayotgan bo'lsa, futbolchi ularni o'zi bilan olib qolmoqchi. Ular hozir advokat yollab, sud jarayoniga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Pike va Shakira yaqinda uchrashib, farzandlar masalasida o'zaro gaplashishdi. Ammo Jerar farzandlarini onasi bilan AQShga ketishi uchun ruxsat bermagani Shakiraning jahlini chiqardi. U Pikega shaxsiy hayoti bilan bog'liq sirlarni keng ommaga oshkor qilish bilan tahdid qildi.

Ayol Pikening oilasi bilan yonma-yon yashay olmagani tufayli futbolchi bilan ajrashishga qaror qilgan.

«Shakira barcha narsaga tayyor. U Pikening ayollarga nisbatan munosabatiga ko'nika olmadi, ammo Shakira erini xiyonat qiladi, deb o'ylamagandi. Uning odamlari Pike haqida ma'lumot to'plamoqda. Bu ish bo'yicha ba'zi syurprizlar bor bo'lib, u hech kimni befarq qoldirmaydi. Shunday narsalar borki, ular Jerarga zarba bo'ladi», – dedi vaziyat bilan yaxshi tanish bo'lgan manba.

O'z navbatida, xotinining xarakterini yaxshi bilgan Pike Shakira unga qanday zarba berishi mumkinligini yaxshi his etmoqda.