«Qamchiq» dovonlari orasida qolib ketgan shaxs qutqarib olindi

0

Kecha, 4 iyul kuni soat 13:15 larda «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong'in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi dispetcherlik xizmatiga tog'da odam qolib ketgani haqida ma'lumot kelib tushgan.

Shunga ko'ra, qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan. Ma'lum bo'lishicha, Andijon viloyatidan kelgan 3 nafar fuqaro dam olish maqsadida «Qamchiq» dovonining «Yertosh» qishlog'iga borib baland toqqa chiqishgan va natijada 1 nafar fuqaro baland tog'dan tusholmay qolib ketgan.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqaro xavfsiz joyga olib tushilib, amaliy yordam ko'rsatildi.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.