«Sevgan insonimning harakteri menikiga o'xshashi kerak»

0

Aktyor sevgan qizi qanday hislatlarga ega bo'lishi kerakligini ham aytgan
«Maktab» seriali orqali tanilgan aktyor Bekzod Abdumalikov «Shoubiz.uz» nashriga bergan intervyusida sevgan qizi borligi haqidagi savolga javob berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, sevgan qizi yo'q. Aktyor oldin shunday insoni bo'lganini aytdi. Bekzod Abdumalikov qiz bola bilan o'rtasida nimadir paydo bo'lishi uchun u bilan fel-atvori to'g'ri kelishi kerak. Xonanda u tanlaydigan qizning o'z shaxsiy prinsiplari ham bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

«Sevgan qizim yo'q. Oldin bo'lgan. Sevgan insonimning harakteri menikiga o'xshashi kerak. Shunda o'rtamizda nimadir paydo bo'lishi mumkin. U quvnoq va pozitiv bo'lishi kerak. Harakatdan to'xtab qolmasligi kerak. Shaxsiy prinsip bo'lsa, yana ham yaxshi bo'lardi», — deydi u.