Turkmaniston O'zbekiston rahbariyatining konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish borasidagi harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi

0

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog'iston hududida yuz bergan voqealarga o'z munosabatini bildirdi. Vazirlik mamlakat O'zbekistonga zarur bo'lgan barcha yordamni ko'rsatishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

“Ishonchimiz komilki, ko'p asrlik xalqning donoligi, tajribasi va uzoqni ko'zlaganligi yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o'tishga, ilg'or va barqaror taraqqiyotni ta'minlashga yordam beradi”, — deya qo'shimcha qildi Turkmaniston TIV.