42 yoshli piyodani ketma-ket ikki mashina bosib ketdi

0

Toshkentning Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'chasida, 1979 yilda tug'ilgan haydovchi Z.Yu. davlat raqami 01 M 014070 bo'lgan «Hyundai Santa Fe» avtomashinasida belgilanmagan joydan yo'lni kesib o'tayotgan piyodani urib yuborgan. Avtohalokat 2022 yilning 5 iyul kuni soat taxminan 00:05 larda sodir bo'ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Zarba natijasida piyoda yiqilgan va bir yo'nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi 1983 yilda tug'ilgan M.X. boshqaruvidagi «Toyota» rusumli avtomashina tagida qolib ketgan.

Natijada piyoda, 1980 yilda tug'ilgan V.S. olgan tan jarahatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.