COVID bolalashdan charchamadi

0

Yangi Zelandiya mutaxassislari birinchi marta koronavirusning VA. 2,75 omikron shtammi kichik turini yuqtirishning birinchi holatini aniqladi.
COVID-19 tarqalishining oldini olish bo'yicha idoralararo komissiyasi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu yangi variant Yangi Zelandiyaga Hindistondan kelgan ikki nafar xorijliklarda aniqlangan.

«Pandemiya boshlanganidan beri Yangi Zelandiyada 1,3 milliondan ortiq koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlangan va 1534 kishi vafot etgan. Hozirda mamlakatda katta yoshli aholining 95 foizdan ortig'i to'liq emlangan», — deb yozadi komissiya.

Ma'lumot tariqasida, 5 iyul holatiga ko'ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 555 339 003 nafarga yetdi, deya xabar beradi COVID-19 tarqalishining oldini olish bo'yicha idoralararo komissiyasi.

«O'tgan sutkada kasallikka chalinganlar soni 392 985 kishiga ko'paydi. Dunyoda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 6 362 674 nafarni tashkil etib, bugun 525 nafar o'lim qayd etildi», — deb yozadi manba. 5 iyul holatiga ko'ra, 530 103 542 kishi virusdan to'liq tuzalgan.