Bugun O'zbekiston va Turkiya prezidentlari o'rtasida telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.
Turkiya prezidenti davlat rahbarining Qoraqalpog'iston Respublikasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarini har tomonlama qo'llab-quvvatladi.
O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.
Davlat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutladi.